Iqtisodiyot | 15:46 / 04.03.2021
6519
2 daqiqa o‘qiladi

Nike vitse-prezidenti o‘g‘lining biznesi haqidagi mojaro ortidan ishdan ketdi

Nike Inc kompaniyasida vitse-prezident va Shimoliy Amerika bo‘yicha bosh menejyer sifatida ishlab kelgan Enn Hebert kompaniyadan ketganini ma'lum qildi. U bu lavozimda o‘tgan yilning iyunidan beri ishlab kelayotgandi va Nike’ning hududdagi savdo, marketing va merchandayzingiga javobgar edi.

U kompaniyada 25 yildan ortiqroq mehnat qilib, Shimoliy Amerika bo‘yicha rahbar darajasigacha ko‘tarila olgandi. Kompaniya bo‘sh qolgan lavozimga tezda yangi nomzod qo‘yilishini ma'lum qilgan.

Uning iste'fosi Bloomberg Businessweek nashri ijrochi direktorning o‘g‘li krossovkalar sotishi va uning nomidagi kredit kartasidan foydalanishi haqidagi xabar tarqatishi ortidan ro‘y berdi.

Bloomberg Businessweek’ning so‘nggi sonidagi maqolada Enning kollejdan haydalgan o‘g‘li Jo Hebertning krossovka sotib yurgani haqida yozilgandi. Mijozlariga g‘arbiy sohillik Jo nomi bilan tanilgan yigit krossovka sotishni maktab paytida boshlagan va hozir shu ish ortidan oyiga yuz minglab dollar daromad qiladi.

Enn Hebert maqola yuzasidan elektron pochtasiga yo‘llangan savollarga javob bermadi, lekin Nike vakili sobiq direktor o‘g‘lining biznesi haqida kompaniyaga 2018 yilda oshkor qilganini aytib o‘tdi. Kompaniya o‘sha payt Hebert «kompaniya siyosati, konfidensial ma'lumot yoki manfaatlar to‘qnashuvi»ga xilof ish qilmayotganini aytgan.

Hebert ketganidan so‘ng, Nike matbuot kotibi ketish direktorning qarori ekanini ma'lum qildi.

Mavzuga oid