DXX 22 yoshli qizni Ummonga fohishalik uchun olib ketayotgan shaxslarni qo‘lga oldi
Davlat xavfsizlik xizmati Xorazm viloyati boshqarmasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatga chek qo‘yildi.
Buxoro shahrida yashovchi, 1983 yil tug‘ilgan J.R. va Urganch shahrida istiqomat qiluvchi, 1986 yilda tug‘ilgan. Q.D. aldov yo‘li bilan 1999 yil Xorazm viloyatida tug‘ilgan S.M.ning ishonchiga kirib, uni fohishalik bilan shug‘ullantirish maqsadida «Toshkent-Sharja», «Sharja-Maskat» yo‘nalishi bo‘yicha Ummon davlatiga olib chiqib ketayotgan vaqtlarida Toshkent xalqaro aeroportida ushlandi.
Tergovoldi surishtiruv jarayonlarida aniqlanishicha, J.R. Ummon davlatidan S.M.ga viza rasmiylashtirib, aviachipta xarid qilgan.
«Ta'kidlash lozimki, J.R. muqaddam BAA va Ummonga qizlarni fohishalik bilan shug‘ullanish uchun yuborganlikda ayblanib, Jinoyat Kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan bir necha marotaba sudlangan bo‘lishiga qaramasdan, o‘z xatolaridan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan», deyiladi DXX matbuot xizmati tomonidan Kun.uz’ga berilgan ma'lumotda.
Hozirda J.R. va Q.D.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:38 / 11.12.2024
Markaziy Osiyoda odam savdosi ko‘rsatkichlari pasaymayapti – BMT
08:32 / 29.11.2024
Toshkent aeroportida 20 yoshli qizni Turkiyaga fohishalik uchun jo‘natmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi
19:17 / 28.11.2024
Sakkiz yildan beri qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada qo‘lga olindi
15:24 / 25.11.2024