Tashkent City'da ikki bog‘bonning o‘zaro mushtlashuvi jinoyat ishi qo‘zg‘atilishiga olib keldi
Internetda joriy yilning 16 fevral kuni tungi vaqtda Tashkent City hududida 22 yoshli Izzatulla F.ga shu yerda ishlaydigan Umid A. va boshqalar tomonidan «o‘rta og‘ir darajada» tan jarohati yetkazilgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.
Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, 16 fevral kuni taxminan soat 22:30larda Tashkent City sayilgohi hududida shu yerda bog‘bon bo‘lib ishlovchilar, 20 yoshli Umid A. va 22 yoshli Izzatulla F. o‘zaro janjallashib qolgan, natijada Umid A. Izzatulla F.ga tan jarohati yetkazgan.
Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, jabrlanuvchiga yetkazilgan tan jarohatlari og‘irlik darajasiga ko‘ra o‘rtacha og‘ir jarohatlar deb baholangan.
Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi («Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish») alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 20 yoshli Umid A. jinoyat ishida gumon qilinuvchi sifatida jalb etilgan. Tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid
18:26 / 16.09.2024
IIBning sharmandali “rezultat”i hamda “yasalgan” jinoyat: xasta va himoyasiz ayol qamoqqa tashlandi
14:07 / 12.09.2024
Rossiyada og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi
15:43 / 03.08.2024
10 yildan beri qidiruvda bo‘lgan avtofiribgar Turkiyada ushlandi
21:45 / 01.08.2024