Jahon | 10:25 / 07.03.2021
3542
1 daqiqa o‘qiladi

Koronavirusga qarshi emlanmagani sababli Pfizer rahbarining Isroilga safari qoldirildi

Koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqqan Pfizer kompaniyasi bosh direktori Albert Burla koronavirusga qarshi vaksinaning ikkinchi dozasini olmagani sababli Isroilga kiritilmadi.   

Foto: REUTERS/Tom Brenner

Jerusalem Post nashrining xabar berishicha, Burla vaksinaning birinchi dozasini olgan, biroq ikkinchisini olishga ulgurmagan. Ta'kidlanishicha, kompaniyaning Isroilga tashrif buyurgan delegatsiya a'zolaridan birortasi to‘liq emlanmagan bo‘lgan. Burla ikkinchi dozani olishda nima uchun hayallagani haqidagi savolga vaksinaga undan muhtojroq odamlar borligi sababli “navbatsiz” emlanishni istamaganini aytgan.

6 mart kuni Isroil hukumati karantindan chiqishning 3-bosqichiga o‘tishni tasdiqlagan. Jumladan, muayyan cheklovlar bilan restoranlar, banket zallari, teatrlar, stadionlar faoliyatiga ruxsat beriladi. Bundan tashqari, yopiq joylarda ko‘pi bilan 500, ochiq joylarda esa 750 odam ishtirokida madaniy, sport va ommaviy tadbirlar o‘tkazish mumkin bo‘ladi.  

Mavzuga oid