Sport | 03:10 / 07.03.2021
7281
1 daqiqa o‘qiladi

La Liga. «Barselona» mehmonda «Osasuna»ni mag‘lub etdi

Foto: AS

Ispaniya chempionatining 26-turida «Barselona» Pamplonada «Osasuna»ni Alba va Moribaning gollari evaziga mag‘lub etdi. Har ikkala golga Messi assistentlik qildi.

«Barselona» ochkolarini 56taga yetkazib, peshqadam — «Atletiko»ga (58) yaqinlashib oldi. «Osasuna» 28 ochko bilan 13-pog‘onada qoldi. 

La Liga, 26-tur

Osasuna — Barselona 0:2
6 mart, «El Sadar»
Gollar: Alba (30), Moriba (83).
Osasuna – Errera, Sanches, Vidal, Aridane, David Garsiya, Torro (Oyyer Sanxurxo, 84), Monkayola, Ruben Garsiya (Adrian, 70), Roberto Torres (Galego, 84), Barxa (Xoni Rodriges, 62), Kaleri (Budimir, 71). 
Barselona – ter Stegen, Mingesa, Umtiti (Dembele, 46), Alba (Firpo, 87), Dest, de Yong, Buskets (Moriba, 67), Pedri (Puch, 87), Langle, Grizmann (Breytueyt, 67), Messi.

Mavzuga oid