Toyota yangi “sirli” modelining ilk suratini e'lon qildi
Toyota avtomobilsozlik kompaniyasi X Prologue deb nomlangan yangi modelining ilk tizer suratini e'lon qildi. Konseptning premerasi 15 martga belgilangan.
Ayni vaqtda mashina haqidagi barcha ma'lumot sir saqlanmoqda. Mashinaning tizer suratida uning ba'zi elementlarinigina, jumladan S-simon faralarini va kichik o‘lchamli kapotini ko‘rish mumkin.
Carscoops ma'lumotlariga ko‘ra, gap Toyota’ning ko‘pchilik yangi modellari uchun asos qilib olinayotgan e-TNGA platformasida quriladigan elektr krossover prototipi haqida bormoqda.
Ushbu platforma Subaru bilan birgalikda ishlab chiqilgan. Uning negizida quriladigan birinchi model o‘lchami bo‘yicha RAV 4’ga teng krossover bo‘ladi. Avtomobil Volkswagen ID.4, Nissan Ariya va shu kabi mashinalar bilan raqobatlashadi. Keyinroq Toyota’ning elektrokarlari qatori Suzuki bilan birga ishlab chiqiladigan kichik krossover, katta yo‘ltanlamas hamda miniven va sedan bilan to‘ldiriladi.
Yapon kompaniyasi 2025 yilgacha Yevropa bozoriga 60tagacha yangi yoki yangilangan modellar va ularning elektr agregatli modifikatsiyalarini chiqarishni rejalashtirmoqda. Mashinalarning ishlab chiqarilishi kompaniyaning Yaponiyadagi yangi korxonasida yo‘lga qo‘yilmoqchi. Bu korxonada faqatgina elektrokarlar ishlab chiqariladi.
Mavzuga oid
15:53 / 01.03.2024
Bir yilda 10 million avtomobil sotib rekord o‘rnatgan kompaniya – Toyota muzeyiga sayohat
21:25 / 25.02.2024
Bolalik orzusidan jahon sahnasigacha. Toyota tarixi haqida
17:58 / 01.09.2023
Santa Fe’dan Traverse’gacha - dunyo avtomobil bozorida taqdim etilgan so‘nggi krossoverlar
12:00 / 13.08.2023