Jahon | 23:02 / 11.03.2021
4451
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropa dori vositalari agentligi AstraZeneca vaksinasi bilan emlashni davom ettirishni tavsiya qildi

Avvalroq Avstriya, Daniya, Norvegiya, Italiya va Islandiyada ushbu vaksina bilan emlash to‘xtatilgandi.

Foto: Getty Images

Yevropa dori vositalari agentligi (YeMA) emlanganlarda tromblar hosil bo‘lishi holatlari aniqlanganiga qaramasdan AstraZeneca kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasi bilan emlashni davom ettirish mumkin deb hisoblamoqda.

Avvalroq ayni shu sabab bilan Avstriya, Daniya, Norvegiya, Italiya va Islandiyada ushbu vaksina bilan emlash to‘xtatilgandi.

«EMA vaksinaning ustuvorligi xatarga nisbatan yuqori deb hisoblaydi va tromboembolik holatlar tekshirilayotgan davr mobaynida emlashni davom ettirish mumkin»,— deyiladi agentlik saytida.

EMA ekspertlarining so‘zlariga ko‘ra, emlanganlarda bunday nojo‘ya ta'sirlar kuzatilishi juda kamchilikni tashkil etadi.

«2021 yil 10 mart holatiga ko‘ra, Yevropa iqtisodiy hududida AstraZeneca vaksinasi bilan emlangan qariyb 5 mln kishining 30 nafarida bu holat kuzatilgan»,— deyiladi xabarda.

Mavzuga oid