Yevropaning yana ikki davlatida AstraZeneca vaksinasi bilan emlash to‘xtatildi
Avvalroq Avstriya va Daniyada AstraZeneca kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasi bilan emlash vaqtincha to‘xtatilgandi.
Daniya ortidan Norvegiya ham fuqarolarni AstraZeneca kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasi bilan emlashni to‘xtatdi. Bu haqda Norvegiya sog‘liqni saqlash milliy instituti matbuot xizmati xabar berdi.
«Daniyada AstraZeneca vaksinasi bilan emlanganidan so‘ng o‘lim holati yuz bergani to‘g‘risidagi xabar munosabati bilan Norvegiya emlashni to‘xtatib turishga qaror qildi», — deyiladi xabarda.
Institutning sanitar nazorat bo‘yicha direktori Geyr Buholmning so‘zlariga ko‘ra, hukumat daniyalik fuqaroning o‘limi va vaksina orasida bog‘liqlik bor-yo‘qligi to‘g‘risidagi ma'lumotni kutadi.
Shu bilan birga, uning ta'kidlashicha, emlashning to‘xtatilishi kelgusida AstraZeneca vaksinasidan foydalanilmasligini bildirmaydi.
Shuningdek, Italiya dori vositalari agentligi (AIFA) ham ehtiyot chorasi sifatida mamlakatda AstraZeneca vaksinasi bilan emlashni vaqtincha to‘xtatib turishga qaror qildi.
11 mart kuni Daniya sog‘liqni saqlash va dorilar bo‘yicha boshqarmasi qaroriga muvofiq mamlakatda AstraZeneca vaksinasi bilan emlash vaqtincha to‘xtatildi. Ushbu vaksina bilan emlanganlarda qon quyuqlashishi yuz bergani to‘g‘risidagi xabarlardan so‘ng mazkur qaror qabul qilingan. Ana shunday xabarlardan birida emlangan fuqaro vafot etgani aytilgan.
O‘tgan haftada Avstriyada bir kishi vafot etib, ikkinchisi og‘ir ahvolga tushganidan so‘ng AstraZeneca vaksinasi bilan emlash to‘xtatilgandi.
Mavzuga oid
20:40 / 06.11.2024
AstraZeneca aksiyalari qiymati Xitoydagi tergovlar fonida tushib ketdi
09:30 / 16.08.2024
AstraZeneca kompaniyasi O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytiradi
20:41 / 08.05.2024
AstraZeneca o‘zining COVID-19 vaksinasini bozordan qaytarib oldi
22:00 / 30.04.2024