Jahon | 16:11 / 12.03.2021
6056
2 daqiqa o‘qiladi

Slovakiya sog‘liqni saqlash vaziri "Sputnik V" bilan bog‘liq mojaro ortidan iste'foga chiqdi

Avvalroq koalitsiya tarkibidagi ikki partiya hukumatda qolish sharti sifatida sog‘liqni saqlash vazirining iste'fosini talab qilgandi.

Marek Kraychi / Foto: DPA/TASS

Slovakiya sog‘liqni saqlash vaziri Marek Kraychi bosh vazir Igor Matovich hukmron koalitsiya roziligisiz Rossiya bilan "Sputnik V" vaksinasi yetkazib berilishi bo‘yicha kelishuvga erishganligi sababli yuzaga kelgan hukumat inqirozi fonida iste'foga chiqdi.

"Men iste'foga chiqqan kun hukumat iste'fosiga sabab bo‘lishini xohlamayman. Ko‘rinmas dushmanga qarshi og‘ir kurashda qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat", - deb yozdi u Facebook sahifasida.

Avvalroq koalitsiya tarkibidagi ikki partiya hukumatda qolish sharti sifatida sog‘liqni saqlash vazirining iste'fosini talab qilgandi. 

 Bosh vazir Matovich Kraychiga qilgan mehnatlari uchun minnatdorlik bildirdi va uning iste'fosini "tarixdagi eng bema'ni iste'fo" deb atadi.

Mamlakat prezidenti Zuzana Chaputova va Matovichning koalitsiya bo‘yicha hamkorlari bosh vazirni ular bilan maslahatlashmasdan Yevroittifoq va NATOga a'zo mamlakat bo‘la turib va hali Yevroittifoq hududida ro‘yxatdan o‘tmagan preparat uchun Moskvadan 2 million dozada vaksina sotib olishga ahdlashganini tanqid qilishgandi.

Bosh vazir hazil sifatida vaksina uchun Rossiyaga Ukraina g‘arbidagi Zakarpate oblastini badal sifatida bermoqchiligini aytishi esa diplomatik nizo keltirib chiqardi va avval Slovakiya tashqi ishlar vazirligi, keyin hukumat uzr so‘rashga majbur bo‘ldi. Matovich esa vaksinani Rossiyaga qaytarmoqchi emas.

Mavzuga oid