Navoiy viloyatida ham ayrim hududlar aholisi «svet»siz qoldi
Navoiy viloyatida kuzatilgan kuchli shamol va qor tufayli ayrim hududlar aholisi elektr energiyasiz qoldi. Bu haqda viloyat hokimligi xabarida aytilgan.
Qayd etilishicha, viloyatning Uchquduq, Tomdi tumanlari va Zarafshon shahrida 12 martdan 13 martga o‘tar kechasi kuchli shamol esib, qor yog‘di.
Oqibatda, elektr tarmoqlari tizimida nosozliklar kelib chiqqan, ayrim hududlarda aholi elektr energiyasiz qolgan.
Ayni paytda elektr ta'minoti korxonalari xodimlari tomonidan noqulay ob-havo sharoiti tufayli yuzaga kelgan vaqtinchalik uzilishlarni bartaraf etish ishlari kuchaytirilgan tartibda olib borilayotgani aytiladi.
Avvalroq, Xorazm viloyatining ko‘plab hududlari elektr energiyasiz qolgani xabar qilingandi.
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, bugun kunduz kuni respublika barcha hududlariga nam havo massalari tarqaladi, respublika hududining ko‘p qismida yomg‘ir yog‘adi, ba'zi joylarda kuchli bo‘ladi.
Qoraqalpog‘istonda ba'zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin, Xorazm viloyatida qor yog‘adi, ba'zi joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba'zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 10-15 daraja iliq atrofida bo‘ladi, shimoliy hududlarda 3-8 daraja sovuqqacha pasayadi.
Mavzuga oid
12:16 / 01.11.2024
Navoiyda odamlar daromadini ko‘paytirish masalasi ko‘rib chiqildi
21:27 / 31.10.2024
Navoiy davlat universiteti tashkil etildi
21:16 / 31.10.2024
Prezident Navoiy viloyatida yirik va strategik loyihalar bilan tanishdi
16:28 / 31.10.2024