Xorazm viloyatining ko‘plab hududlari elektr energiyasiz qoldi
Ob-havo sharoitining noqulay kelishi, jumladan, kuchli shamol esib, qor yog‘ishi oqibatida Xorazm viloyati elektr energiyasi ta'minotida jiddiy uzilishlar yuz berdi.
13 mart kuni ertalabdan viloyatning ko‘plab shahar va tumanlari “svetsiz” qoldi. Davlat idoralari, korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik sub'yektlari ish faoliyati to‘xtadi. Yo‘llarda transport vositalarining xavfsiz harakati bilan bog‘liq muammolar ko‘paydi. Svetoforlarning ishlamay qolishi oqibatida, chorrahalarda tirbandliklar yuzaga keldi.
“Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJ xabariga ko‘ra, elektr ta'minotidagi uzilishlar noqulay ob-havo sharoiti oqibatida yuzaga kelgan avariyalar bilan bog‘liq. Hozirgi vaqtda tezkor ishchi guruhlar jalb qilinib, avariyalarni bartaraf qilish choralari ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid
18:40 / 18.09.2024
Urganch davlat universiteti tomonidan o‘tkazilgan tenderda qonunbuzilishi aniqlandi
11:40 / 10.09.2024
Xorazmda 4 tup daraxt kesgan shaxs jarima va zarar uchun 27,8 mln so‘m to‘laydi
10:43 / 05.09.2024
Latviya Xorazmda matematika va IT yo‘nalishida maktab ochadi
01:06 / 29.08.2024