Jamiyat | 14:38 / 17.03.2021
10621
2 daqiqa o‘qiladi

“O‘zimga o‘zim ukol qilaman” – 23 yillik og‘riqlardan qutulishni istagan qiz

Aqila 23 yoshda. U tug‘ma chanoq son suyagi chiqishi bilan tug‘ilgan va shundan beri har 3 oyda shifoxonada yotib chiqadi. 2 marta operatsiyani boshidan o‘tkazgan. Qilingan amaliyotlar hozircha foyda bermayapti va yagona chora murakkab operatsiya. Uning ahvoli kun sayin og‘irlashib boryapti. Hozir u bir amallab oyoq bosa oladi.

O‘tgan yili Aqilaning chap bo‘ksa suyagi yemirilishni boshlagan. Shifokorlarning aytishicha, suyakdagi yemirilishni endoprotez qo‘yish operatsiyasi orqali davolash mumkin. Operatsiya O‘zbekistonda 6 ming dollar, Hindistonda 11 ming dollarga qilinadi. Bu amaliyot qilinmasa, u tug‘ruqdan keyin yurolmay qolishi mumkin.

Qizning otasi yo‘q. U onasi va ukasi bilan tog‘asinikida, Toshkentning Qibray tumanida yashaydi. Onasi tikuv sexida ishlaydi, topadigan daromadi 800 ming so‘m atrofida.

“Bu pul yashashdan ortib, dori-darmonlarga ham yetmaydi. Kechalari uxlolmay chiqaman, o‘zimga o‘zim ukol qilaman, “kapelnitsa” qo‘yaman. Tug‘ilganimdan beri dori bilan og‘riqni qoldirib kelaman. Har bir davolanib chiqishimga 1-1,5 so‘m million zarur. Og‘riqni qoldiruvchi maz, tabletka uchun ham pul topolmaydigan vaqtlarimiz bo‘lyapti”, – deya og‘riqlari haqida gapirib berdi Aqila.

Bemorning onasi qizining bir necha yillik og‘riqlardan qutilib, shifo topishidan juda umidvor. 

Aqila Yangiboyevaga oid ma'lumotlar:

O‘ZCARD: 8600 0417 5945 3658 (Aqila Yangiboyeva nomida)

O‘ZCARD: 8600 0604 6072 0155 (Aqila Yangiboyeva nomida)

Telefon raqami: +99899 8149798

 Zuhra Abduhalimova,
tasvirchi Muhiddin Qurbonov.

Mavzuga oid