Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti tashkil etildi
“Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabar bermoqda.
Qarorga muvofiq, Toshkent davlat pedagogika universitetining Shahrisabz filiali hamda Qarshi davlat universitetining pedagogika ta'lim sohasi bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Qarshi davlat universiteti Pedagogika instituti tashkil etildi.
Pedagogika sohasi bo‘yicha tarbiya va o‘qitish usullari, ta'lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalariga ega professional oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlash va boshqalar institutning asosiy vazifalari etib belgilandi.
Institutda o‘quv jarayoni 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi.
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Qarshi davlat universitetida pedagogika ta'lim sohasi bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari va ular negizidagi tegishli magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul to‘xtatiladi hamda ushbu bakalavriat ta'lim yo‘nalishi va uning negizidagi tegishli magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar o‘qishni bitirguniga qadar universitetda ta'lim jarayonini davom ettiradi.
Institutga talabalarni bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul qilish soni har yili belgilangan tartibda tasdiqlanadigan respublika OTMga o‘qishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Mavzuga oid
20:11 / 20.07.2024
Qarshi aeroporti yaqinida yong‘in sodir bo‘ldi
07:43 / 27.04.2024
O‘zganing sir saqlanishi lozim bo‘lgan videolarini tarqatmaslik evaziga pul talab qilgan ayol ushlandi
22:32 / 20.04.2024
Qarshida DAMAS avtomobilida 25 nafar bolani tashigan haydovchi aniqlandi
23:02 / 16.04.2024