O‘zbekiston | 11:46 / 18.03.2021
108414
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning 7 hududida yangi kasallanish holatlari aniqlandi

17 mart kuni O‘zbekistonning 7 hududida yana 113 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi va jami holatlar soni 80 ming 971tani tashkil etmoqda.

SSV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining:

  • 6 nafari  Buxoro viloyatida,
  • 1 nafari Jizzax viloyatida,
  • 1 nafari Samarqand viloyatida,
  • 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 2 nafari Xorazm viloyatida,
  • 8 nafari Toshkent viloyatida,
  • 93 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Qayd etish kerakki, O‘zbekistonda bir kunda kamida 7 hududda yangi kasallanish holatlari qayd etilishi fevral oyi o‘rtalaridan beri ilk marta kuzatilmoqda. 19 fevral kuni Andijon (+3), Jizzax (+1), Namangan (+1), Sirdaryo (+2), Farg‘ona (+3), Xorazm (+1), Toshkent viloyati (+2) va Toshkent shahrida (+21) - jami 8 hududda kasallanish holatlari qayd etilgandi.

17 mart kuni kun davomida Toshkent viloyatida 7 nafar, Toshkent shahrida 76 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 79533 (+83) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 816 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 141 nafari og‘ir, 23 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid