Jamiyat | 19:33 / 18.03.2021
1848
2 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda ko‘p qavatli uylarni ta'mirlagan davlat korxonasi o‘zgalarning mablag‘larini talon-toroj qilgan

Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida ko‘p qavatli uylarda amalga oshirilgan ta'mirlash ishlarida budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Oqoltin tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, pudratchi «Ta'mirlash-tiklash xizmati» davlat unitar korxonasi Oqoltin filialining sobiq rahbari va boshqalarning oldindan til biriktirib, budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlangan.

Jumladan, tumandagi «Yangi davr» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarda 2019 yil davomida amalga oshirilgan ta'mirlash ishlarida haqiqatda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali o‘zganing 359,8 mln so‘m mablag‘larini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan DUK sobiq rahbari A.K. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Mavzuga oid