Shavkat Mirziyoyev hokimlarni saylash masalasida fikr bildirdi
Nurafshon shahrida xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, sessiyada ishtirok etgan va viloyatga yangi hokim tavsiya qilgan davlat rahbari hokimlarni bevosita saylash haqida to‘xtalib o‘tdi.
“Hokimlar ham bevosita saylansin, degan gaplar juda ko‘p aytiladi. Bundan xabarim bor, o‘zim ham aytganman vaqtida. Lekin bir savol: hozir biz hokimlarni saylashga tayyormizmi? Bitta mahalla raisini adolatli saylay olmaymiz-ku. Guruhlarga bo‘linib olib, o‘z yaqinlarimiz yoki tanishlarimizni saylaymiz.
Jamiyat tayyor bo‘lmagan muhitga bunday saylovlarni qo‘yish xiyonat emasmi? Men ham hokimlar saylanishini juda ham xohlayman. Ammo kimni saylaymiz? Lekin men ishonaman, vaqt kelib, albatta, hokimlarni ham saylash jarayoniga ham yetib kelamiz”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Bundan oldin, prezident Toshkent viloyati sobiq hokimi Rustam Xolmatov nega ishdan olinganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
16:16
O‘zbekiston va Ozarboyjon prezidentlari telefon orqali suhbatlashdi
09:27
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga tashrif buyuradi
20:43 / 23.12.2024
Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi
14:21 / 21.12.2024