O‘zbekiston joriy yilning dastlabki ikki oyida qiymati 1 milliard dollardan ziyod mashina va asbob-uskunalar import qildi.
2021 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi eng katta ulushni Xitoy(20,1 foiz) egallagan. Mazkur davr mobaynida respublika tashqi savdo aylanmasi 23,8 foizga kamaygan. Shundan eksport hajmidagi pasayish 43,2 foizni tashkil etmoqda.
Joriy yilning yanvar-fevral oylarida respublika tashqi savdo aylanmasi 4,5 milliard dollarga teng bo‘lganligi ma'lum qilingandi. O‘tgan yilning tegishli davriga qiyoslaganda eksport ham, import ham qisqarishda davom etmoqda.
Statqo‘m ma'lumotlariga ko‘ra, TSA tarkibida eksport 1 milliard 494,6 million dollar, import esa 3 milliard 25,1 million dollarni tashkil etib, tashqi savdoning salbiy saldosi 1,5 milliard dollardan oshib ketgan. Umuman olganda yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 23,8 foizga kamaygan. Shundan mos ravishda eksport hajmida 43,2 foiz, import hajmida esa 8,3 foiz pasayish qayd etilgan. Eksport hajmining bunday keskin kamayishini joriy yilning dastlabki ikki oyida umuman oltin eksport qilinmaganligi bilan izohlash mumkin.
Ma'lumot uchun, 2020 yilning yanvar-dekabr oylari yakunlari bo‘yicha respublika tashqi savdo aylanmasidagi eksport hajmining 38,3 foizini oltin egallagan.
Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20 ta yirik hamkor davlatlar orasidan 5ta davlat: Afg‘oniston (107,3 million dollar), Qirg‘iziston (64 million dollar), Tojikiston (45,7 million dollar), Kanada, (41,9 million dollar), Turkiya (26,1 million dollar), va Eron (6,9 million dollar) bilan faol tashqi savdo balansi kuzatilgan. Qolgan 14 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolgan.
Joriy yilning dastlabki ikki oyida respublika TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (20,1 foiz), Rossiya (18,7 foiz), Qozog‘iston (13 foiz), Turkiya (8,9 foiz), Janubiy Koreya (3,9 foiz), Qirg‘iziston (2,6 foiz) va Afg‘oniston (2,4 foiz) bilan savdo aloqalarida qayd etilgan.
Bundan tashqari, 2021 yilning yanvar-fevral oylarida MDH mamlakatlari bilan savdo aloqalari sezilarli darajada o‘sib, umumiy TSAning 41,6 foizini tashkil etgan. Taqqoslash uchun 2020 yilda bu ko‘rsatkich 32 foizni tashkil etgandi.
2021 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston eksportining tarkibi:
- to‘qimachilik mahsulotlari – 397,9 million dollar;
- xizmatlar – 288,3 million dollar;
- rangli metallar – 176 million dollar;
- oziq-ovqat mahsulotlari – 162,5 million dollar;
- kimyoviy mahsulotlar – 147 million dollar;
- mashina va asbob-uskunalar – 90,4 million dollar;
- energiya va neft mahsulotlari – 64,3 million dollar;
- qora metallar – 30,3 million dollar;
- paxta tolasi – 28,3 million dollar;
- boshqalar – 109,6 million dollar.
Mazkur davrda respublika importining tarkibi:
- mashina va asbob-uskunalar – 1 milliard 63,5 million dollar;
- kimyoviy mahsulotlar – 500,1 million dollar;
- oziq-ovqat mahsulotlari – 416,1 million dollar;
- qora metallar – 259,1 million dollar;
- energiya va neft mahsulotlari – 214,4 million dollar;
- xizmatlar – 126,3 million dollar;
- rangli metallar – 31,6 million dollar;
- boshqalar – 414 million dollar.
Yanvar-fevral oylari mobaynida O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar sifatida Xitoy(285,5 million dollar), Rossiya (225,5 million dollar) va Turkiya (215 million dollar) qayd qilingan. Shu bilan bir qatorda respublika importida Xitoy (623 million dollar), Rossiya( 618,4 million dollar) va Qozog‘iston (433,7 million dollar) katta ulushni egallagan.
Ma'lumot uchun, 2020 yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 36,3 milliard AQSh dollarini tashkil qilib, eksport hajmi 15,2 milliard dollar, import hajmi 21,1 milliard dollar ekani qayd qilingan.
Mavzuga oid
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
15:11 / 05.11.2024
Xususiy tadbirkorlar olib kirayotgan mashinalar uchun yana bir yangi tartib joriy qilindi
21:49 / 04.11.2024