JSST Tojikistonda bolalar falaji avj olgani sababli favqulodda vaziyat e'lon qildi
Tojikistonda bolalar falaji bilan bog‘liq to‘rtta holat aniqlangan. JSST mazkur holatlarni 2-darajali favqulodda vaziyat deb baholagan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Tojikistonda bolalar falaji bilan bog‘liq bir nechta holatni qayd etdi. Bu haqda tashkilot saytida xabar qilindi.
Xabarda aytilishicha, Tojikistonda 18 mart holatiga 2-turdagi poliovirus bilan zararlanish oqibatidagi bolalar falaji bilan bog‘liq to‘rtta holat aniqlangan.
JSSTning ma'lumot berishicha, birinchi holat o‘tgan yil noyabrida Xatlon viloyatida qayd etilgan. Ikkinchi holat ham Xatlon viloyatida shu yilning fevralida aniqlangan.
8 mart kuni Hisor shahrida 2ta holat qayd etilgan bo‘lib, atrof-muhitdagi obektlardan olingan uchta namunada ham 2-turdagi poliovirus infeksiyasi aniqlangan.
JSST Tojikistondagi mazkur holatlarni 2-darajali favqulodda vaziyat deb baholagan.
“2-darajali favqulodda vaziyat qo‘shni mamlakatlarga ham taalluqli, chunki bu mamlakatlar tegishli tayyorgarlik ko‘rishi va har qanday vaziyatda poliomiyelit holatlarining oldini olish, aniqlash va davolashga shay bo‘lishi lozim”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
17:52 / 04.12.2024
Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy davlat chegarasini delimitatsiya qilishni yakunladi
17:13 / 29.11.2024
Tojikistonda bolalarni xivchin bilan savalagan ayol ushlangani ma’lum bo‘ldi
16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
12:26 / 15.11.2024