O‘zbekiston – Qirg‘iziston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
2021 yil 24-25 mart kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iz Respublikasi hukumatlari delegatsiyalarining O‘zbekiston – Qirg‘iziston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
O‘zA xabariga ko‘ra, tomonlarning delegatsiyalariga O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov va Qirg‘iz Respublikasi Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Qamchibek Toshiyev rahbarlik qildi.
Ushbu yig‘ilish 11-12 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov o‘rtasida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan sammit yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarga muvofiq tashkil etilganligi ta'kidlandi.
Muzokaralar yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston – Qirg‘iziston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha qo‘shma yig‘ilish to‘g‘risidagi bayonot imzolandi.
Yig‘ilish ochiqlik, do‘stlik va hamjihatlik ruhida o‘tdi.
Mavzuga oid
00:57 / 10.09.2024
Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida «Agroekspress» qatnovlari bo‘yicha shartnoma imzolandi
22:17 / 09.09.2024
Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida temiryo‘l qatnovi to‘liq tiklangani e’lon qilindi
18:21 / 09.09.2024
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin O‘zbekistonga ikki kunlik tashrif bilan keldi
19:49 / 17.08.2024