Yanvar-fevral oylarida qiymati qariyb 87 million dollarga teng bo‘lgan meva va sabzavotlar eksport qilindi
2021 yilning yanvar-fevral oylarida 6,9 ming tonna mayiz, 4,5 ming tonna yeryong‘oq, 3 ming tonna qalampir, 2 ming tonna uzum eksport qilindi.
2021 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston qiymati 86,6 million dollarga teng bo‘lgan 131,2 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6 million dollarga ko‘p.
Statqo‘m ma'lumotlariga ko‘ra, yanvar-fevral oylarida meva va sabzavotlar eng ko‘p quyidagi davlatlarga eksport qilingan:
- Qozog‘iston – 16,9 million dollar;
- Rossiya – 16,5 million dollar;
- Xitoy – 13,7 million dollar;
- Qirg‘iziston – 7,7 million dollar;
- Pokiston – 7,5 million dollar;
- Afg‘oniston – 5,2 million dollar;
- Ozarboyjon – 2,8 million dollar;
- Turkiya – 2,1 million dollar;
- Turkmaniston – 1,8 million dollar;
- Ukraina – 1,4 million dollar;
- AQSh – 1,3 million dollar;
- Belarus – 1,2 million dollar;
- Tojikiston – 1,2 million dollar;
- Germaniya – 1,1 million dollar;
- BAA – 1 million dollar;
- Iroq – 972,5 ming dollar;
- boshqalar – 4,4 million dollar.
Shuningdek, eksport qilingan meva va sabzavotlar hajmida hududlar kesimidagi eng katta ulush Toshkent (26,1 ming tonna), Samarqand (16,8 ming tonna), Xorazm(14,3 ming tonna) va Jizzax (13,1 ming tonna) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Joriy yilning dastlabki ikki oyida eksport qilingan meva va sabzavotlar tarkibi quyidagi ko‘rinishda bo‘lgan:
- meva va rezavorlar – 19,6 ming tonna;
- quritilgan meva va rezavorlar – 12,5 ming tonna;
- sabzavotlar – 94,9 ming tonna;
- qalampir – 3 ming tonna;
- uzum – 2 ming tonna;
- mayiz – 6,9 ming tonna;
- yeryong‘oq – 4,5 ming tonna;
- tarvuz-qovun – 306,3 tonna.
Mavzuga oid
09:40 / 09.09.2024
O‘zbekiston radioaktiv izotopli mahsulotlar eksportini yo‘lga qo‘yishi mumkin
08:40 / 09.09.2024
Eksport qiluvchilar uchun QQS qoplash tartibi soddalashtirildi
13:00 / 07.09.2024
Germaniya iyulda Rossiyaga eksport hajmini keskin oshirdi
08:48 / 06.09.2024