Taxiatoshda cpirtli ichimlik ichib, mashina boshqargan shaxs YPX xodimiga pora bermoqchi bo‘ldi
17 mart kuni Taxiatosh tumani reyd tadbirida A.Yu. avtotransport vositasini spirtli ichimlik ichgan holda boshqarib kelayotganligi aniqlangan.
U sodir etgan qoidabuzarligi bo‘yicha o‘ziga nisbatan chora ko‘rmaslik evaziga Taxiatosh tumani IIB Yo‘l harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori, kapitan A.Bekbosinovga 5 mln so‘m pullarni pora tariqasida berishini taklif qilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIVga ko‘ra, kapitan A.Bekbosinov vazirlik rahbariyatiga bildirgi bilan murojaat qilgan. Shunga asosan, 25 mart kuni tegishli organlar tezkor tadbirida A.Yu. o‘ziga nisbatan chora ko‘rmaslik evaziga taklif qilgan puldan ortiq miqdordagi 6 mln so‘m pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Hozirda holat yuzasidan Taxiatosh tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qo‘ng‘irot tumanida jazoni o‘tayotgan mahkum Koloniya boshlig‘i o‘rinbosariga pora bermoqchi bo‘lgan edi .
Mavzuga oid
21:10 / 20.09.2024
Pora bilan ushlangan Dashtobod stansiyasi boshlig‘i ilgari sudlanmagani aytildi
11:41 / 20.09.2024
Dashtobod temiryo‘l stansiyasi boshlig‘i pora olgan vaqtida ushlandi
19:02 / 09.09.2024
Qashqadaryo va Jizzaxda pora olgan ekologiya va qurilish mutaxassislari ushlandi
20:10 / 20.08.2024