Toshkent IIBB Amir Temur xiyobonida ro‘y bergan janjal yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Amir Temur xiyoboni oldida ro‘y bergan janjal yuzasidan rasmiy xabar berdi. Ma'lum qilinishicha, janjal diniy mazmundagi nizo bo‘lmagan.
«Bugun, 28 mart kuni taxminan soat 15:00-15:15larda Yunusobod tumanidagi Amir Temur xiyoboni oldida 3-4 nafar fuqarolar T.S. ismli yigit va B.R. ismli qizni LGBT faollari deb gumonlab, ularni urishga harakat qilgan. Ushbu fuqarolarga 20-25 nafar boshqa shaxslar qo‘shilib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, bezorilik harakatlarini sodir etishgan.
Voqea joyida xizmat qilayotgan Toshkent shahar IIBB va Milliy gvardiya xodimlarining aralashuvi bilan T.S. va B.R. himoya qilinib, ularga tan jarohati yetkazilishiga yo‘l qo‘yilmadi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining hamkorlikdagi chora-tadbirlari natijasida nizoning ommalashib ketishining, shuningdek, boshqa og‘irroq oqibatlarning oldi olindi hamda hech kimga shikast yetmadi», deyiladi xabarda.
Janjalni boshlagan va faol ishtirokchisi bo‘lgan fuqarolarning 12 nafari ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi («Bezorilik») alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Aniqlanishicha, mazkur janjalda diniy mazmundagi nizo bo‘lmagan.
Bundan avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Amir Temur xiyoboni oldida LGBT faollariga to‘sqinlik qilish uchun bir guruh faollar to‘plangani haqida videolar tarqalgandi.
Mavzuga oid
21:28 / 18.12.2024
Guliston IIB TB fuqarolik nizosidan jinoyat ishi “yasadi”. Tergovchi yangi yilni issiq uyida, 50 yoshli ayol esa Rossiya hibsxonasida kutib oladimi?
19:25 / 02.12.2024
Navoiyda pora olgan IIB xodimi ozodlikdan mahrum qilindi
18:07 / 24.11.2024
IIV tuzilmasida Doniyor Toshxo‘jayev va yana ikki mansabdor lavozimidan ozod etildi
21:43 / 21.11.2024