Namangan viloyatida «ayollar daftari»dagi 411 nafar ayolni uyli qilmoqchimiz - Shavkat Abdurazzoqov
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov yaqinda prezident tashrif buyurgan Bunyodkor mahallasida rejalashtirilgan loyihalar haqida ma'lumot berdi.
Hokim Kun.uz muxbiri bilan suhbatda bu hududda bajarilayotgan ishlar qatorida ko‘ngilli tadbirkorlar muhtojlarga ko‘p qavatli uy qurib berish tashabbusi bilan chiqqanini ma'lum qildi.
«Namangan shahrining umumiy hududi 17 ming gektar, Bunyodkor mahallasining hududi esa 3 ming gektar. Bunday katta hududda infratuzilma barpo etilgach, bu yerda kamida 10 ta mahalla paydo bo‘ladi. Shu yerda 5 qavatli uy-joylar qurishni rejalaganmiz. 5 ta uy «Qishloqqurilishinvest» tomonidan qurilsa, bundan tashqari, aslida bajarilganidan keyin aytmoqchi edim, tadbirkorlar ham muhtoj aholiga uy-joy qurib berish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatishdi.
Ayollar daftariga kiritilgan qiynalgan oilalar bor. Namangan viloyati bo‘yicha 411 nafar ayol noturar joyda yashaydi. Albatta, bu to‘liq ro‘yxat emas, biz buni shakllantirishda davom etamiz. Ana shunday ayollarga tadbirkorlar uy qurib bermoqchi. Shunday ijtimoiy loyihalar orqali mana shu oilalarni joylashtiramiz», – deydi Abdurazzoqov.
To‘liq intervyu tez kunlarda e'lon qilinadi.
Mavzuga oid
21:19 / 05.09.2024
Uchta viloyat chegarasiga o‘zgartirish kiritilmoqda
19:01 / 03.09.2024
Prezident yig‘ilishida ishdan olingan Mingbuloq tumani hokimi yangi lavozimga tayinlandi
12:59 / 19.08.2024
Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari 7,5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
16:59 / 12.08.2024