Qurilish vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Qurilish vazirligi boshqarma boshlig‘i vazir o‘rinbosariga aylandi.
Prezident qarori bilan Nasrullo Boboyev qurilish vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Tayinlovga qadar Nasrullo Boboyev vazirlikning Loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.
Bungacha esa «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatida istiqbolli rivojlanish va investitsiyalar bo‘yicha direktor hamda boshqaruv kengashi a'zosi sifatida faoliyat yuritgan.
Avvalroq Nasrullo Boboyev Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori qayta tiklanishi, loyiha tashkiloti tomonidan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgani, unga ko‘ra obektda tiklash ishlari ikki bosqichda amalga oshirilishini aytib chiqqan edi.
Qurilish vazirligi matbuot xizmati Kun.uz’ga bu masala yuzasidan Vazirlar Mahkamasining yopiq (xizmat doirasida foydalanish uchun) qarori qabul qilinganini tasdiqlagandi.
Eslatib o‘tamiz, davlat rahbarining 14 yanvardagi qarori bilan Davronjon Odilov qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Qurilish vazirligi 2018 yil aprelida tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda vazirlikka Botir Zokirov rahbarlik qilmoqda. Hozirga qadar qurilish vazirining birinchi o‘rinbosaridan tashqari yana uch nafar o‘rinbosari bor edi: Kozim Nosirovich To‘laganov, Shuhratxo‘ja Rahmatjonovich Hoshimov, Erkin Bo‘riyevich Iskandarov. Nasrullo Boboyev bilan birga o‘rinbosarlar soni besh nafarga yetdi.
Mavzuga oid
16:31 / 04.11.2024
O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi
15:44 / 01.11.2024
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi
18:28 / 30.10.2024
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
18:32 / 28.10.2024