O‘zbekiston | 23:49 / 30.03.2021
20818
2 daqiqa o‘qiladi

Transport vaziriga yana bir o‘rinbosar tayinlandi

Prezident Administratsiyasi xodimi transport vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2021 yil 29 martdagi qarori bilan Abdusamad Abduvohidovich Mo‘minov O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Abdusamad Mo‘minov 1975 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1997 yilda Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari institutini temir yo‘l transporti aloqa, telemexanika va avtomatikasi muhandisi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Bunga qadar Abdusamad Mo‘minov Prezident Administratsiyasi transport salohiyati, bojxona ma'muriyatchiligi va logistikani rivojlantirish shu'basi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, hukumatning 2020 yil 30 oktabr kungi 670-son qarori bilan Ilhom Rustamovich Mahkamovga O‘zbekiston transport vaziri vazifasini bajarish yuklatilgan. Bungacha u transport vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2021 yilning 22 fevral kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisda Ilhom Mahkamov nomzodini transport vaziri lavozimiga ma'qullagan edi.

Transport vazirligi saytidagi ma'lumotlarga ko‘ra, Ilhom Mahkamovning 4 nafar o‘rinbosari mavjudligi (Rahmonbek Usmonov, Abdurahmon Abduvaliyev, Jasurbek Choriyev va Akmal Mirzayev), faqatgina vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimi vakant hisoblanishi ko‘rsatilgan. Abdusamad Mo‘minov vakant lavozimni egallagani yoki boshqa o‘rinbosarlardan birini almashtirgani ma'lum emas.

Mavzuga oid