Jahon | 15:08 / 31.03.2021
8934
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston parlamenti mamlakat oliy sudi raisini lavozimidan chetlashtirdi

Bu boradagi taklif parlamentga 31 mart kuni mamlakat prezidenti Sadir Japarovdan tushgan.

Qirg‘iziston parlamenti mamlakat oliy sudi raisi Gulbara Kaliyevani lavozimidan muddatidan oldin chetlashtirishga qaror qildi.

"Bugun deputatlar oliy sud raisining vakolatlarini to‘xtatishga qaror qildi", - dedi parlament matbuot xizmati vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu boradagi taklif parlamentga 31 mart kuni mamlakat prezidenti Sadir Japarovdan tushgan.

O‘tgan yil oxirida Qirg‘iziston milliy xavfsizlik qo‘mitasi oliy sud mansabdorlari, jumladan Kaliyevaga nisbatan korrupsiya ishi bo‘yicha sudga qadar tekshiruv boshlagandi.

Mamlakat qonunchiligiga ko‘ra, oliy sud raisi parlament tomonidan uch yilga saylanadi. Kaliyeva 2018 yil sentyabrda oliy sud raisi lavozimini egallagandi.

Mavzuga oid