Sirdaryoda uy-joy qurishda budjet mablag‘larini o‘zlashtirgan korxona rahbariga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida yangi uy-joylar qurgan korxona rahbari 272,3 million so‘m mablag‘ni o‘zlashtirib yuborgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Guliston tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tumanning Yulduz mahallasida yangi qurilgan uy-joylarda budjet mablag‘lari o‘zlashtirilgani aniqlangan. Jumladan, «A.O.’» MChJ rahbari A.Yu. hisob-fakturalarga amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali 272,3 million so‘m budjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan MChJ rahbari A.Yu.ga nisbatan jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
10:27 / 14.11.2024
Toshkentda eng arzon uy-joy ijarasi qaysi tumanlarda ekani aytildi
12:10 / 13.11.2024
O‘zbekiston uy-joy bozorida faollik darajasi pasaydi
13:32 / 06.11.2024
Toshkentda oktyabrda uy-joylar uchun ijara narxi oshishi sekinlashdi
17:03 / 29.10.2024