Jamiyat | 21:21 / 02.04.2021
2649
1 daqiqa o‘qiladi
«Asaka city» majmuasini barpo etish uchun 53,3 gektar yer ajratilmoqda - Prezident qarori
Asaka tumani “Chek” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Asaka city” zamonaviy ko‘p funksiyali majmuasini barpo etish uchun 53,3 gektar yer ajratiladi.
Bu — prezidentning "Andijon viloyati Asaka tumanini obodonlashtirish va arxitektura qiyofasini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida belgilangan.
Loyihani amalga oshirish uchun yer maydoni «Avtosanoat-Injiniring» MChJga ajratiladi.