O‘zbekiston | 09:01 / 02.04.2021
3076
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda 5 yulduzli mehmonxona tashkil etishga doir bitim imzolandi

Toshkent shahrida «Metric Ventures» (Mj Group) va «Hyatt International» kompaniyalari o‘rtasida Buxoro shahrida 5 yulduzli, Hyatt Regency brendi ostida faoliyat yuritadigan mehmonxonani tashkil etishga doir shartnomani imzolash marosimi o‘tkazildi. 

Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2021 yilning IV-choragida amalga oshiriladigan ushbu loyihaning umumiy qiymati 14 million AQSh dollarini tashkil etadi. Mehmonxona 224 xona va 450 o‘ringa mo‘ljallangan. 7 qavatli mazkur bino qurib bitkazilgan. Hozirda xonalarga ajratish ishlari amalga oshirilmoqda. 

«Hech kimga sir emaski, Tokiodagi Disneylendga 1 oyda 1 million nafardan ortiq odam tashrif buyuradi. O‘zbekistonni ham aynan shu natijaga erishishiga ko‘maklashishga tayyormiz. Hozirgi kunda O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar va yangilanishlar bizni, xalqaro miqyosdagi investorlarning kirib kelishiga katta turtki bo‘ldi. Buxoro viloyatida 5 yulduzli mehmonxona ochishimizga sabab ham mamlakatda yaratilayotgan imkoniyatlar va investorlarga berilayotgan e'tibordan dalolat. Umid qilamanki, O‘zbekistonga kiritgan investitsiyalarimiz albatta, o‘z natijalarini beradi», – deya ta'kidlagan «Hyatt International Development»ning Yevropa, Afrika, O‘rta Sharq va Janubi-G‘arbiy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti Takuya Aoyama tadbirda.  

Avvalroq, AQShning «Valor Hospitality Partners» kompaniyasi bilan O‘zbekistonda kompaniya boshqaruv ofisini ochish va Buxoro shahrida Hyatt Regency brendi ostida 5 yulduzli mehmonxona tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishilgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid