Vazir o‘rinbosari xitoy-o‘zbek vaksinasi bilan emlangach yuz berishi mumkin bo‘lgan ta'sirlar haqida gapirdi
AOKAda o‘tkazilgan brifingda Innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari Shahlo Turdiqulova O‘zbekiston hammuallifligidagi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi emlangan shaxsda 95-97 antitanachalar hosil qilishini ma'lum qildi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi ham ushbu vaksinani yaratilishida xitoylik mutaxassislar bilan hamkorlik qilib keldi. Xitoyda ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining dastlabki sinov bosqichlari muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bois uning so‘nggi — uchinchi klinik sinov bosqichlari O‘zbekistonda o‘tkazildi.
Shahlo Turdiqulovaning aytishicha, olib borilgan tahlil va o‘rganishlar vaksina — mutlaqo xavfsizligini hamda uni qabul qilgan insonda 95-97 foiz antitanachalar shakllanishini ko‘rsatgan.
«Ushbu vaksinani shaxsan o‘zim ham birinchilardan bo‘lib 23 noyabrda birinchi dozani oldim. Undan keyin oila a'zolarim orqali sinovdan o‘tkazganmiz. Sinovda qatnashgan 7 ming kishining hech birida hech qanday nojo‘ya ta'siri sezilmagan.
Ba'zi holatlarda tana harorati 37 darajaga chiqishi mumkin yoki allergik ta'sirlar sezilishi mumkin, ukol qilingan joylar qizarishi mumkin, biroq bundan qo‘rqmaslik kerak, 2-3 kunda o‘tib ketadi.
Koronavirusni yengib o‘tishning yagona yo‘li — vaksina qabul qilish. Shu bois, aholini vaksinatsiya jarayonida faol ishtirok etishga chaqiraman», dedi vazir o‘rinbosari.
Mavzuga oid
16:31 / 16.12.2024
Ukol o‘rniga krem: qoqsholga qarshi yangi turdagi vaksina yaratildi
11:36 / 07.12.2024
O‘zbekistonlik olima Butunjahon fanlar akademiyasi a’zosi etib saylandi
16:51 / 25.11.2024
Bolalarda ham qo‘llash mumkin bo‘lgan maymun chechak vaksinasi tasdiqlandi
17:48 / 01.11.2024