BAA chempionati. «Shabob Al Ahli» g‘alaba qozondi. Masharipovda g‘alaba goli+assist
BAA Pro ligasining 23-turida «Shabob Al Ahli» o‘z maydonida «Al Fujayra»ni qabul qilib, 90-daqiqada g‘alabani ilib ketdi. E'tiborlisi, g‘alaba goli Jaloliddin Masharipov hisobiga yozildi. Jaloliddin goldan tashqari o‘z hisobiga assist ham yozdirib qo‘ydi. Mezbonlar safida o‘zbekistonlik yana bir yarimhimoyachi Odil Hamrobekov o‘yinni asosiy tarkibda boshlab, 39-daqiqada zaxiraga olindi.
«Shabob Al Ahli» ochkolarini 43taga yetkazib, 3-o‘ringa chiqib oldi.
Doston Hamdamov to‘p tepadigan «Hatta» o‘z uyida «Ad Dafra» bilan jangovar durang qayd etdi. Doston 80 daqiqa davomida harakat qildi. «Hatta» 9 ochko bilan so‘nggi pog‘onani egallab turibdi.
BAA Pro ligasi, 23-tur, 2 aprel
Shabob Al Ahli — Al Fujayra 3:2
Gollar: da Kruz (39), Muhammad Juma (52), Masharipov (90) — Koutino (3), Ovalabi (32).
Hatta — Ad Dafra 2:2
Gollar: Jonatas (45+2, 53 penalti) — Diop (8), Al Junaybi (76).
Mavzuga oid
14:17 / 04.02.2024
Jaloliddin Masharipov - «Istiqlol» futbolchisi
15:24 / 01.02.2024
«Panaserraikos» Jaloliddin Masharipov bilan xayrlashganini e’lon qildi
13:52 / 12.01.2024
Masharipov: «Hozirgi jamoaning ustunligi - yetakchilarga qarab qolmagan. 2019 yilgi tarkibdan nom bo‘yicha emas, jamoa sifatida yaxshiroqmiz»
00:01 / 28.09.2023