Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tugatilmoqda
Prezident “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tuzilmasini maqbullashtirish va shtat birliklari sonini qisqartirish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Kun.uz manbasi xabariga ko‘ra, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ularning idoraviy va hududiy bo‘linmalari boshqaruv xodimlarining shtat birliklarini qisqartirish va tuzilmasini maqbullashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasining qator takliflari ma'qullandi.
Xususan, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tugatilmoqda va uning barcha vazifa, funksiya va vakolatlari Moliya vazirligiga berilmoqda.
Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston prezidenti hujjati loyihasini kiritadi:
Kapital bozorini rivojlantirish agentligining vakolatlari, huquq va majburiyatlari hamda mol-mulkini Moliya vazirligiga o‘tkazish;
tugatilayotgan agentlikning xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarini, ular bilan kelishilgan holda, keyinchalik amalga oshirish mexanizmini belgilash;
Kapital bozorini rivojlantirish agentligining vakolatlari Moliya vazirligiga o‘tkazilishi hisobiga uning faoliyatini kengaytirish.
Eslatib o‘tamiz, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi 2019 yil yanvar oyida prezidentning "Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni bilan tashkil etilgan.
Mavzuga oid
18:02 / 16.09.2024
O‘zbekistonda ilk bor rahbarlikka tayyorlaydigan qo‘shma ta’lim dasturi ish boshladi
21:13 / 16.06.2023
“Qo‘l boshqaruvi”dan tizimli boshqaruvga: hukumat oldida qanday muammolar turibdi?
21:43 / 26.01.2023
86 ta vazirlik va idora 70 taga qisqardi (ro‘yxat)
21:03 / 25.01.2023