O‘zbekiston | 15:58 / 05.04.2021
18227
1 daqiqa o‘qiladi

IIV tizimida 2 000ta shtatdan iborat inspektor-psixolog lavozimi joriy etilyapti. Ular bevosita maktablarda xizmat o‘taydi

“Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. 

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, 2021 yil 1 iyuldan shaxslarni profilaktik hisobga olishning elektron tizimi joriy etiladi.

“Xavfsiz ta'lim muassasasi” tamoyili asosida tuman, shahar ichki ishlar organlari tarkibida 2 000ta shtat birliklaridan iborat voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixolog lavozimlari joriy etiladi hamda ular bevosita umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida xizmat o‘taydi.

Shuningdek, 2021 yil yakuniga qadar quyidagilar yaratiladi: 

ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlarining elektron ma'lumotlar bazalarini yagona platforma negizida birlashtirish asosida “E-ichki ishlar organlari” markazlashgan axborot tizimi;

Ichki ishlar vazirligining Ma'lumotlarni qayta ishlash yagona markazi.

Qaror bilan shuningdek, Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Mavzuga oid