Jizzaxda o‘zaro janjal bir kishining o‘limiga sabab bo‘ldi
Jizzax viloyati Baxmal tumanida ikki nafar shaxsning o‘zaro janjali ulardan birining o‘limi bilan yakun topgan. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yilning 4 aprel kuni Baxmal tumanidagi Kamar qishlog‘i hududida joylashgan «K.I» MChJga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasining oshxonasida, ushbu MChJ ishchisi 1992 yilda tug‘ilgan S.T. va 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro A.N. o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik ortidan mojaro kelib chiqqan.
Biroz o‘tib janjal jiddiylashgan va S.T. oshxona pichog‘i bilan A.N.ning ko‘krak qafasi orqa qismiga bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan. Oqibatda A.N. vafot etgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Baxmal tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:24 / 06.11.2024
IJQKDning iqtisodiy jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi vakolatlari aniqlashtiriladi
09:25 / 06.11.2024
Jizzaxda qariyb 800 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fuqaro aniqlandi
11:12 / 29.10.2024
8 yilgacha qamoq jazosi – Jinoyat kodeksiga «lixoradchik»lar uchun alohida modda kiritildi
08:30 / 28.10.2024