Yapon olimlari yangi tish o‘stirish texnologiyasini ishlab chiqishdi
Yaponiyada yangi tish o‘stirish texnologiyasi ishlab chiqildi. Yangi texnologiya tishlari odamnikiga o‘xshash jihatlarga ega bo‘lgan sichqonlar va sassiqkuzanlarda sinovdan o‘tkazilgan.
Science Advances ilmiy nashrida ma'lum qilinishicha, davolash metodikasi organizmni yangi tishlarni o‘stirishga majbur qiladigan monoklonal antitanalarga asoslangan.
Tadqiqotning ko‘rsatishicha, USAG-1 genini bloklash suyak morfogenetik oqsili faolligini oshiradi. Bu molekulalar tana a'zolari va to‘qimalar o‘sishini tartibga solishga javob beradi.
Ushbu oqsil faoliyatiga aralashuv jiddiy nojo‘ya ta'sirlar keltirib chiqarishi mumkin. Biroq olimlar USAG-1’ning suyak morfogenetik oqsili bilan ta'sirlashishini o‘zgartiruvchi bir qator monoklonal antitanalarni tekshirib, ular orasidan nojo‘ya ta'sir keltirib chiqarmaydigan antitanani aniqlashgan.
Texnologiya sichqonlar va sassiqkuzanlarda sinovdan o‘tkazildi.
“Keyingi rejamiz antitanalarni it va cho‘chqa kabi boshqa hayvonlarda sinovdan o‘tkazishdan iborat”, deb ma'lum qilishgan olimlar.
Mavzuga oid
21:07 / 20.09.2024
Osiyoda NATOning o‘xshashi tashkil etilishi mumkin
12:00 / 16.09.2024
76-«Emmi» marosimi Yaponiyaning triumfi bilan tugadi
21:22 / 12.09.2024
Toyota Prius yoqilg‘i sarfi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi
11:35 / 11.09.2024