Jizzaxda namanganlik shaxs boshqaruvidagi Nexia 2 MAN yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Haydovchi uxlab qolgani aytilyapti
Jizzax viloyatining Sh.Rashidov tumanida namanganlik shaxs boshqaruvidagi Nexia 2 MAN yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. Oqibatda og‘ir tan jarohatlari olgan Nexia 2 yo‘lovchisi shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 6 aprel kuni soat 9:30 larda M39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumani hududidan o‘tgan 984-kilometrida ayanchli yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan. Namangan shahrida yashovchi 1984 yilda tug‘ilgan shaxs boshqaruvida bo‘lgan Nexia 2 mashinasi o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan MAN yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.
Oqibatda, Nexia 2 mashinasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan Namangan shahrida yashovchi 1997 yilda tug‘ilgan shaxs og‘ir tan jarohatlari olib, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax viloyati filiali jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Neksiyaning haydovchisi va boshqa yo‘lovchilari ham turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilgan.
Hodisa tafsilotlarini o‘rganish chog‘ida Nexia 2 haydovchisi qoidalarni qo‘pol tarzda buzib, oraliq masofani saqlamagani aniqlangan. U charchab uxlab qolgan, deb taxmin qilinyapti.
Mavzuga oid
22:54 / 06.11.2024
Taxtaqoracha dovonida transport vositalari harakati tiklandi
20:50 / 06.11.2024
Taxtaqoracha dovonidagi halokatda uch kishi vafot etgani tasdiqlandi
18:04 / 06.11.2024
Taxtaqoracha dovonida Cobalt’ni tosh bosib qoldi. Qurbonlar bor
10:59 / 04.11.2024