Navoiy viloyati IIB va DSB boshliqlariga uch oy sinov muddati berildi
Navoiy viloyati IIB boshlig‘i Azat Tasbayev va viloyat DSB rahbari Anvar Botiraliyevga uch oy sinov muddati berildi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlik masalalariga bag‘ishlangan videoselektor chog‘ida ma'lum qildi.
«Qat'iy ogohlantirish: chorak yakunigacha o‘zgarish bo‘lmasa, barchasi ishdan ketadi. Navoiy viloyati ichki ishlar boshlig‘i Tasbayev va soliq rahbari Botiraliyevlar lavozimiga 2021 yil mart oyida tayinlanganini inobatga olib, ularga 3 oy sinov muddati. Ushbu yangi rahbarlar ham natija ko‘rsatmasa, lavozimidan olinadi», – deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Shu bilan birga, Ulug‘nor, Uzun, Yozyovon, Dehqonobod tumanlari hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari, Andijon, Oltinko‘l, Olot, Qorako‘l, Oqoltin, Chilonzor, Mo‘ynoq tumanlari, Xiva va Chirchiq shaharlari soliq idoralari boshliqlari ham lavozimidan ozod etildi.
Bundan oldinroq, Navoiy viloyati hokimi Qobil Tursunov va viloyat prokurori Baxtiyor Ahmedovga hayfsan berilgani, Navoiy viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Odil Hasanov, markaziy bankning viloyatdagi bosh boshqarmasi rahbari Saidov va viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Muhammadiyev lavozimidan ozod etilgani xabar qilingandi.
- Ma'lumot uchun, muqaddam Andijon viloyati IIB boshlig‘i bo‘lgan Azat Tasbayev 2021 yil martida Navoiy viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga o‘tkazilgandi. Aprel oyi boshida esa Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasiga rahbarlik qilib kelgan Ravshan Nasimov Andijon viloyati DSBga ishga o‘tgach, uning o‘rniga Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan Anvar Botiraliyev tayinlangandi.
Mavzuga oid
12:16 / 01.11.2024
Navoiyda odamlar daromadini ko‘paytirish masalasi ko‘rib chiqildi
21:27 / 31.10.2024
Navoiy davlat universiteti tashkil etildi
21:16 / 31.10.2024
Prezident Navoiy viloyatida yirik va strategik loyihalar bilan tanishdi
16:28 / 31.10.2024