«Effect.uz» sayti muxbirlariga qo‘llanilgan «qamoq» ehtiyot chorasi munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risida tilxatga o‘zgartirildi
“Effect.uz” axborot agentligining 2 nafar muxbiriga ilgari qo‘llanilgan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan “munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risida tilxat” tarzidagi ehtiyot chorasiga o‘zgartirildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayotbek Shamsutdinov.
Avvalroq, Effect.uz sayti xodimlariga nisbatan Termiz tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 236 va 219-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani va saytning 2 nafar muxbiriga nisbatan sudning ajrimi bilan sirtdan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
14:28 / 18.09.2024
“Vodorod sulfidi yuqori konsentratsiyada sizib chiqishi kuzatilmadi” – Ekovazirlik
13:34 / 18.09.2024
Boysundagi konda yana avariya kuzatildi. Qurbonlar bor
12:08 / 12.09.2024
Surxondaryoda inspektorni haqoratlab, pogonini yulgan mayorga tanbeh berildi
18:29 / 03.09.2024