Jahon | 00:35 / 10.04.2021
30164
1 daqiqa o‘qiladi

Oq uy Rossiyaning Ukraina chegarasidagi harakatlariga tez kunlarda javob qaytarilishini bildirdi

Oxirgi haftalarda Donbassdagi nizolashuvchi tomonlar bir-birini sulh rejimini buzishda ayblamoqda.

Foto: DPA

Vashington Ukraina chegarasidagi vaziyatning keskinlashishiga javob tayyorlamoqda, dedi Oq uy vakili Jyen Psaki.

"Avvalo, harakatlar amalga oshirilganini va biz vaziyat rivojini kuzatayotganimizni aytmoqchiman. Biz ochiq-oydin aytdik, ammo yana qaytaraman: buning oqibati bo‘ladi, ayrimlari oshkora, ayrimlari ko‘rinmaydigan holda. Tez kunlarda barchasi haqida bilasizlar", - dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika "mintaqadagi sheriklari va ittifoqchilari bilan vaziyatni baholash, razvedka ma'lumotlari almashish hamda nima qilish mumkinligi borasida uzviy aloqada bo‘lib turibdi".

Oxirgi haftalarda Donbassdagi nizolashuvchi tomonlar bir-birini sulh rejimini buzishda ayblamoqda. Rossiya NATO kuchlari Ukraina va Qora dengizda faollashganini aytmoqda. G‘arb esa Rossiya harbiylari va texnikasi Ukraina chegarasiga keltirilgani to‘g‘risida xabar qildi.

Mavzuga oid