Jamiyat | 08:41 / 13.04.2021
6479
2 daqiqa o‘qiladi

Amudaryodagi ziyoratgohda xorazmlik yigit tog‘dan qulab tushdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘istondagi «Shayx Jalil bobo» ziyoratgohida bir fuqaro tepalikdan pastga yiqilgani aks etgan videolar tarqaldi.

Qoraqalpog‘istonlik jurnalist G‘ayrat Otajonovning xabar berishicha, tog‘dan yiqilib tushgan yigit Xorazm viloyatidan Amudaryo tumanidagi ziyoratgohga kelgan.

Qayd etilishisha, mazkur voqea 2021 yilning 11 aprel kuni sodir bo‘lgan. Tez tibbiy yordam dispetcheri G‘ulomjon Bobotayevning aytishicha, tibbiy yordam brigadasi 13:45 da voqea joyiga yetib borgan. Tog‘dan yiqilib tushgan V.I. 2002 yil tug‘ilgan bo‘lib, unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Yigit Xorazm viloyatidan tashrif buyurgan ziyoratchi bo‘lgan hamda tibbiy ko‘rik paytida shifokor bilan gaplashgan. Shifoxonaga bormasligini, hamrohlari bilan birgalikda ketishini va o‘zlarining hududiy shifoxonasiga borib ko‘rinishini aytgan.

«Shayx Jalil bobo» ziyoratgohi mas'ul xodimi Maxsutboy Yakubov ushbu holat haqida ular Qur'on tilovat qiladigan hududdan sal olisroqda sodir bo‘lganligi tufayli keyinroq xabar topgan.

Guvohlarning aytishicha, voqea yuz bergan hududda bir necha yosh yigit tosh ustiga chiqib, undan sakragan holatlarini qo‘l telefonlariga suratga olayotgan bo‘lgan. Yiqilgan yigit ham ana shunday harakatlari va ehtiyotsizligi oqibatida yiqilgan bo‘lishi ham mumkin.

Hozircha Xorazm viloyati tibbiyot xodimlari tomonidan yigitning sog‘ligi borasida qo‘shimcha ma'lumot berilmadi.

Mavzuga oid