Tanqiddan so‘ng: Zavraq mahallasiga yangi transformator va simyog‘ochlar o‘rnatilmoqda
12 aprel kuni Kun.uz saytida Andijon tumanidagi Zavraq mahallasi, Yangi Zamin ko‘chasi aholisining bir necha yillardan beri elektr ta'minotidagi muammolar bilan kurashib kelayotgani haqida tanqidiy maqola e'lon qilingan edi.
Tanqid kor qildi chog‘i oradan uch kun o‘tib, tuman hududiy elektr tarmoqlari korxonasi muammoli hududda elektr ta'minotini yaxshilashga kirishibdi.
“Yangi zamin ko‘chasidagi 200 xonadonni uzluksiz elektr bilan ta'minlash uchun transformator olib kelib o‘rnatildi. Ayni paytda beton tayanchlarni o‘rnatish ishlari ketmoqda. Mahalladagi tizimni yangilash ishlari uzog‘i bilan ikki oy davomida nihoyasiga yetkaziladi”, deydi tuman elektr korxonasi rahbari Muzaffar Akbarov.
Mahalla ahli tanqidiy maqola e'lon qilingach, mutasaddi tashkilotlar tomonidan elektr ta'minotidagi kamchiliklarni bartaraf etishga jadal ravishda kirishilganini bildirdi.
Ko‘cha aholisi suyultirilgan gaz ballonlarining vaqtida kelmayotgani haqidagi murojaatlaridan so‘ng, “Hududgaz Andijon” filiali tomonidan gaz ballonlari keltirilganidan xursand ekanini bildirdi.
Mavzuga oid
11:09 / 08.11.2024
Andijonda kottejlar qurish uchun yer hujjatini rasmiylashtirib berish evaziga 230 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
14:41 / 06.11.2024
5 sotix yerni fuqaroga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan ekologiya bo‘limi bosh inspektori 20 ming dollar bilan ushlandi
20:55 / 02.11.2024
O‘zbekistonda elektr energiyasi va metan gazi olish uchun 8 ta chiqindi yoqish zavodi, 1 ta chiqindi poligoni quriladi
16:17 / 02.11.2024