2021 yilning uch oyida chaqaloqlarga eng ko‘p qo‘yilgan ismlar ma'lum bo‘ldi
2021 yilning birinchi choragida O‘zbekistonda yangi tug‘ilgan o‘g‘il bolalarga Muhammadali ismi, qizlarga esa Soliha ismi eng ko‘p qo‘yilgan. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi Kun.uz’ga ma'lum qildi.
Joriy yilning yanvar-mart oylarida 5 236 nafar o‘g‘il farzandga Muhammadali ismi, 5 114 nafar qiz farzandga Soliha ismi berilgan.
Ma'lum bo‘lishicha, 2021 yilning uch oyida 91 067 nafar o‘g‘il bola va 84 837 nafar qiz bolaga tug‘ilganlik haqida guvohnoma berilgan.
Kun.uz DXA matbuot xizmatidan olgan qo‘shimcha ma'lumotga ko‘ra, joriy yilda qizlarga Soliha ismidan tashqari Muslima (2969), Shukrona (2252), Imona (1913), Farzona (1423), Mubina (1350) ismlari ham ko‘p qo‘yilgan.
O‘g‘il bolalar ismlarining top 5taligida esa Muhammadalidan tashqari Muhammad (2997), Abdulloh (2711), Mustafo (2333), Imronbek (2062) ismlari ham bor.
Muhammadali va Soliha ismlari 2019 va 2020 yillarda ham O‘zbekistonda eng ko‘p qo‘yilgan ismlar bo‘lgani ma'lum qilingandi. Jumladan, 2020 yilda 19 383 nafar o‘g‘il bolaga Muhammadali, 18 616 nafar qizga Soliha ismi berilgan.
Mavzuga oid
15:56 / 08.10.2024
Tug‘uruqxonalardagi o‘limni qanday kamaytirish mumkin? – Saudiyada ishlayotgan o‘zbek shifokori bilan suhbat
11:51 / 24.05.2024
O‘zbekistonda o‘g‘il bolalar ko‘p tug‘ilmoqda
13:24 / 06.03.2024
Samarqandda 10 kunda to‘rt nafar go‘dak vafot etgani ma’lum qilindi
10:24 / 15.02.2024