O‘zbekiston | 10:09 / 16.04.2021
27337
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik kasallanish holatlari 300ga yaqinlashdi, yana bir bemor vafot etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda COVID-19 bo‘yicha yana antirekordlar qayd etilgani haqida xabar berdi: so‘nggi bir kunda 292 kishida virus aniqlanib, jami kasallanganlar soni 86 ming nafardan oshgani, yangi kasallanish holatlarining 200dan ortig‘i Toshkent shahriga to‘g‘ri kelgani, bir kishi vafot etgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 15 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 86022 (+292) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV xabarida.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, bu 2021 yildagi yangi antirekorddir. Avvalgi antirekord (227 kishi) 14 aprel kuni qayd etilgan edi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 2 nafari Andijon viloyatida,
  • 7 nafari Buxoro viloyatida,
  • 2 nafari Jizzax viloyatida,
  • 2 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 3 nafari Namangan viloyatida,
  • 21 nafari Samarqand viloyatida,
  • 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 5 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 2 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 2 nafari Xorazm viloyatida,
  •  37 nafari Toshkent viloyatida,
  • 206 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafar,
  • Buxoro viloyatida 10 nafar,
  • Namangan viloyatida 3 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 4 nafar,
  • Toshkent viloyatida 23 nafar,
  • Toshkent shahrida 143 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 83649 (+187) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 635 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 1738 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzuga oid