Yangi Zelandiya 2025 yilgacha tamaki mahsulotlaridan to‘liq voz kechmoqchi
Yangi Zelandiyada 2025 yilgacha tamaki mahsulotlaridan to‘liq voz kechish rejalashtirilmoqda.
Hukumatning tamaki chekishga qarshi kurash rejasiga ko‘ra, tamaki mahsulotlari savdosini bosqichma-bosqich cheklash doirasida ulardagi nikotin darajasini kamaytirish, tamaki va sigaretga qat'iy belgilangan narx o‘rnatish, tamaki savdosi bilan shug‘ullanuvchi do‘konlar sonini kamaytirish choralari ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, 2004 yildan keyin tug‘ilgan fuqarolarga tamaki mahsulotlari sotishni taqiqlash ham taklif qilinmoqda.
Hukumatning bu tashabbusini sog‘liqni saqlash tashkilotlari qo‘llab-quvvatlagan.
“Tamaki – tarixdagi eng zararli iste'mol mahsulotidir. Biz undan to‘liq voz kechishimiz lozim”, deb aytgan saratonga qarshi kurashish jamiyati ijrochi direktori Lyusi Elvud.
Biroq hukumatning ushbu tashabbusini tanqid qiluvchilar ham topildi. Ular ushbu cheklovlar salbiy oqibatlarga olib kelishini aytishmoqda. Jumladan, buning oqibatida kichik do‘konlar kasodga uchrashi va tamaki qora bozori avj olishi mumkin.
Bundan tashqari, hukumat fuqarolarning shaxsiy hayotiga aralashishda ayblanmoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Yangi Zelandiyaning yarim millionga yaqin aholisi har kuni tamaki mahsulotlari iste'mol qiladi. Mamlakatda har yil 4,5 mingga yaqin odam tamaki chekish bilan bog‘liq kasalliklardan vafot etadi. Tamaki chekish Yangi Zelandiyada saraton kasalligidan har to‘rtinchi o‘lim sababchisi hisoblanadi.
Mavzuga oid
00:08 / 20.10.2024
Yangi Zelandiya aeroportida yo‘lovchilar va ularni kuzatgani chiqqanlarga 3 daqiqadan ortiq quchoqlashish taqiqlandi
01:09 / 10.10.2024
Yangi Zelandiyada uch yil oldin farzandlari bilan uyidan qochib ketgan ota ilk bor ko‘rinish berdi
21:00 / 09.10.2024
Olimlar 75 yoshda ham tamaki chekishni tashlash inson umrini uzaytirishini aniqladi
23:07 / 05.09.2024