Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Farg‘ona viloyat boshqarmasi xodimlari vafot etgan fuqarolarga ham pensiya tayinlab kelgani ma'lum qilindi
Farg‘ona viloyat prokuraturasi tomonidan Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi viloyat boshqarmasi, Quva va Farg‘ona tuman bo‘limlarida “Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganilgan.
Farg‘ona viloyat prokuraturasi axborot xizmatining xabariga ko‘ra, mazkur o‘rganishlarda pensiya tayinlash komissiyalari tomonidan hujjatlar to‘liq o‘rganilmaganligi tufayli budjet mablag‘lari ortiqcha sarflangan. Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Farg‘ona viloyat boshqarmasi, Quva va Farg‘ona tuman bo‘limlarida vafot etgan fuqarolar nomiga 19,6 mln so‘m pensiya to‘langanligi va boshqa qonun buzilish holatlari aniqlangan.
Ta'kidlanishicha, mazkur qonun buzilishlar, ularning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan kiritilgan taqdimnoma viloyat prokuraturasi xodimlari ishtirokida boshqarma va uning hududiy bo‘limlari xodimlarning kengaytirilgan yig‘ilishda muhokama qilinib, tegishli chora-tadbirlar belgilangan. Mansabdor va mas'ul xodimlarga nisbatan tegishli jazo choralari qo‘llanilgan.
Mavzuga oid
10:16 / 16.09.2024
Farg‘ona pedagogika mahorat markazida xonalardan birida yashirin kamera aniqlandi. Uni o‘rnatgan o‘qituvchi uzr so‘radi
00:14 / 12.09.2024
Farg‘onada sog‘ligi yomonlashgan haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, YTH sodir etdi va halok bo‘ldi
09:05 / 16.08.2024
Log‘ondan Parijga yo‘l - futbolchi bo‘lishni orzu qilib, boksda Olimpiada chempioni bo‘lgan Lazizbek Mullojonov uyidan reportaj
12:11 / 08.08.2024