O‘zbekiston hududiga olib kirilgan qiymati 100 ming dollar miqdoridagi giyohvand moddalar ushlandi
Sirdaryo viloyati DXX va IIB boshqarmalari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida O‘zbekiston hududiga olib kirilgan giyohvand moddalar aniqlandi. Bu haqda DXX matbuot xizmati tomonidan ma'lum qilindi.
DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari doirasida Tojikiston hududidan umumiy qiymati 100 ming dollar miqdoridagi giyohvand moddalarning O‘zbekistonga kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tilganligi aniqlandi. Mashina Toshkent viloyatining Bekobod tumanidan Bo‘ka tumani tomon harakatlanayotgan vaqtida to‘xtatildi.
Mashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan Tojikiston fuqarosi, So‘g‘d viloyatida yashovchi M.X.ning yonida 1,879 kg «amfetamin» sintetik giyohvandlik vositasi, 1,822 kg «opiy» hamda 3, 972 kg «gashish» moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda olib qo‘yildi.
Avvalroq Sardoba suv ombori toshqinidan jabr ko‘rgan fuqarolarga yordam tariqasida yuborilgan mahsulotlarni o‘margan shaxsga nisbatan qamoq jazosi tayinlangan edi.
Mavzuga oid
21:37 / 21.08.2024
AQSh Haiti sobiq prezidentini giyohvand moddalar savdosida ayblab, unga sanksiyalar qo‘lladi
15:48 / 03.07.2024
Alkogol va giyohvand moddalar iste’moli yiliga 3,2 mln kishining o‘limiga sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi
12:49 / 11.06.2024
Tadbirda ushlangan "narkokurer" qo‘lidagi giyohvand moddalarni yutib yuborishga urindi
07:42 / 29.10.2021