Termizdagi restoranda ommaviy mushtlashuv yuz berdi
IIV huzuridagi Tergov departamenti Termiz shahridagi restoranda sodir bo‘lgan ommaviy mushtlashuv yuzasidan rasmiy ma'lumot taqdim etdi.
2021 yilning 16 aprel kuni soat 19:10larda 36 yoshli No‘'mon N. va 31 yoshli Asliddin T. Surxondaryo viloyati Termiz shahrida joylashgan “Xan Sultan” nomli restoranda oila a'zolari bilan alohida stolda ovqatlanib o‘tirgan paytda, No‘'mon N. ularga xizmat ko‘rsatayotgan ofitsiant, 22 yoshli Zahriddin N. buyurtmani vaqtida olib kelmagani sababli, uni haqorat qilgan va yuziga shapaloq urgan.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, shu vaqtda uni tinchlantirib, bezorilik harakatlarining oldini olmoqchi bo‘lgan 37 yoshli Zahriddin T., 41 yoshli Ismoil U. va 29 yoshli Nohid A.ga No‘'mon N. qaynukasi Asliddin T. bilan faol qarshilik ko‘rsatib, ularni urib-do‘pposlagan hamda restoran eshigi oynasi, idish jamlanmalarini sindirgan.
Mazkur holat yuzasidan Termiz shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan No‘'mon N. va Asliddin T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlanganlar.
Tergov harakatlari davomida, No‘'mon N. va Asliddin T. muqaddam bezorilik jinoyatlari uchun sudlangani aniqlangan. Hozirda tergov davom etmoqda.
Jinoyat kodeksi normalariga ko‘ra, bu turdagi jinoyatlar uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.
Mavzuga oid
19:30 / 14.10.2024
«Tolibon» O‘zbekistondan «Termiz» chegara bozorida musiqa qo‘ymaslikni so‘radi – OAV
21:51 / 14.09.2024
Toshkentda yosh ishchini kaltaklagan do‘kon xodimiga ma’muriy ish qo‘zg‘atildi
19:06 / 14.09.2024
Inbazar do‘konida yosh xodim xatosi uchun kaltaklandi
09:45 / 10.09.2024