Jamiyat | 17:18 / 20.04.2021
2001
2 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda korxonalardan biri sport maktabi binosini ta'mirlashda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozgani aniqlandi

Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabi binosini ta'mirlashdagi talon-torojlik fosh etilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oqoltin tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «I.G.» MChJ rahbari tuman bolalar va o‘smirlar sport maktabi binosini joriy ta'mirlash ishlari bo‘yicha tuzilgan hujjatlarga amalda bajarilmagan 75,6 million so‘mlik ish hajmini qo‘shib yozgani aniqlangan.

Bundan tashqari, mazkur maktab sobiq bosh hisobchisi B.E. 41,5 million so‘m budjet mablag‘larini xodimlarga asossiz ravishda ortiqcha to‘lab yuborgan. Oqibatda jami 117,1 million so‘m budjet mablag‘lari talon-toroj qilingan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan MChJ rahbari va boshqalarga nisbatan jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid