O‘zbekiston | 10:17 / 21.04.2021
2344
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 450 mingdan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi 20 aprel kuni O‘zbekistonda jami 27 828 nafar kishi COVID-19ga qarshi emlangani haqida xabar berdi. 

Shu tariqa ayni kungacha mamlakatda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 458 555 nafarga yetdi. 

20 aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

  • Namangan viloyati (3864 nafar),
  • Farg‘ona viloyati (3532 nafar),
  • Samarqand viloyati (3245 nafar) band qildi. 

Koronavirusga qarshi emlangan jami aholi soni:

  • Farg‘ona viloyatida 66 381 nafar, 
  • Namangan viloyatida 47 841 nafar, 
  • Andijon viloyatida 46 639 nafar, 
  • Samarqand viloyatida 43 394 nafarni tashkil qilmoqda.

 

Mavzuga oid