Senat Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rahbariyatiga matbuot anjumanlariga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan xodimlarni yuborishni tavsiya qildi
«Taqdimnomada IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida avtomobil yo‘llarining ta'mirlash ishlari olib borilayotgan, bu ishlar oxiriga yetkazilmasdan qolib ketgan hamda ta'mirlanishi lozim bo‘lgan joylarda 2019 va 2020 yilning 8 oyi ichida 532 ta YTH sodir bo‘lgani, ulardan 191 kishi vafot etgani va 511 kishi jarohatlangani aniqlangani qayd etilgan.
Bu ma'lumotlar Vazirlar Mahkamasiga yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash va sohaga oid qonun hujjatlarining ijro etilishi holati yuzasidan yuborilgan parlament so‘rovi natijalari muhokamasida ham aytib o‘tilgan.
Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan harakat xavfsizligini ta'minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish yuzasidan mahalliy hokimliklar hamda tegishli tashkilot va idoralarga 2017-2020 yillar davomida jami 6 ming 709 ta taqdimnoma kiritilgan bo‘lsa-da, ularning 3 ming 173 tasi yoki 45 foizi belgilangan muddatlarda ijro etilmagan.
Bundan tashqari, mutaxassislar tomonidan yo‘l-transport hodisalarining kelib chiqishiga sabab bo‘layotgan avtomobil yo‘llarini zarur darajada ta'mirlashga e'tibor qaratilmagani oqibatida 2019 yilda va 2020 yilning 8 oyi davomida 532 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilib, ularda 511 nafar fuqaro jarohatlangan va 191 nafar fuqaro halok bo‘lgan.
Bu kabi kamchiliklar Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan kiritilayotgan taqdimnomalar ijrosini ta'minlamagan mutasaddilarga nisbatan ta'sirchan choralar ko‘rishni taqozo etmoqda, deya aytib o‘tilgan», – deb eslatiladi munosabatda.
Qo‘mita raisi shundan kelib chiqib, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rahbariyatiga kelgusida fuqarolarni atroflicha o‘rganilmagan ma'lumotlar bilan chalg‘itmaslik uchun matbuot anjumanlari yoki intervyularda puxta tayyorgarlik ko‘rgan rahbar xodimlari ishtirok etishini ta'minlashni tavsiya qilgan.
«Aks holda bunday holatlar yuqoridagi kabi OAV va keng jamoatchilik orasida davlat va nodavlat tashkilotlari imijiga nisbatan salbiy ta'sir etuvchi tushunmovchiliklarni keltirib chiqaradi», – deydi Qutbiddin Burhonov.
Munosabatda shuningdek, IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining 2020 yil 24 sentyabrda Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga yuborgan 24/6-19/66-son xati ham ilova qilingan.
Mavzuga oid
12:30 / 06.11.2024
AQShda Trampning respublikachilari Senatda ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi
15:55 / 24.10.2024
“5 yilda 440 ga yaqin qonun muhokama qilindi” - Senat raisi
13:38 / 23.10.2024
Yerdan foydalanish haqidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi
13:04 / 23.10.2024